Янгиликлар
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobidan beriladigan qanday taʼminot turlari mavjud ?
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi hisobidan beriladigan qanday taʼminot turlari mavjud ?
Oʻzbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 284-moddasiga muvofiq: Sugʻurta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa, ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlari hisobidan:
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tugʻish nafaqalari;
bola tugʻilganda beriladigan nafaqalar;
davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalari;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar bilan taʼminlanadilar.
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi mablagʻlaridan sanatoriy-kurortlarda davolanish, dam olish, sugʻurta qilingan xodimlarning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun haq toʻlash, bolalarning sogʻlomlashtirish lagerlarini taʼminlab turish, davlat ijtimoiy sugʻurtasiga doir boshqa tadbirlar uchun ham belgilangan tartibda foydalaniladi.
Parkent tumani Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
boshligʻi S.R.Xasanboyev