Янгиликлар
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilandi
Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilandi
Vazirlar Maxkamasining 05.12.2022 yildagi 694-son qarori bilan Davolash-profilaktika muassasalarining ilmiy darajaga ega bo‘lgan xodimlariga qo‘shimcha haq to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
- Nizom bilan davlat davolash-profilaktika muassasalarida tibbiyot sohasida ilmni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan ilmiy darajaga ega tibbiyot xodimlariga har oylik qo‘shimcha haq to‘lash tartibi belgilandi.
- Shunga ko‘ra, muassasalarning fan doktori (Doctor of Science), fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xodimlariga asosiy ish joyi bo‘yicha har oylik qo‘shimcha haq belgilanadi.
- Xodimga qo‘shimcha haq uning joriy yil (kalendar yil) mobaynidagi faoliyati natijalari tahliliga asosan kelgusi yil uchun belgilanadi.
- Qo‘shimcha haq miqdori xodimning egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda, biroq bir stavkadan ortiq bo‘lmagan miqdorda har oyda hisoblanadigan lavozim maoshiga nisbatan belgilanadi.
- Xodim bir nechta muassasada qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, u asosiy ish joyi bo‘yicha qo‘shimcha haq olish huquqiga ega bo‘ladi.
- Qo‘shimcha haq miqdori bir oyda – fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 30 foizidan hamda fan doktori ilmiy darajasiga ega xodimlar uchun lavozim maoshining 60 foizidan oshmasligi kerak.
- Mazkur nizom talablari Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarining qo‘shimcha haq oladigan tibbiyot xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Parkent tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov