Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Reklamada ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish mumkin emas


 

Reklamada ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish mumkin emas

O‘zbekiston Respublikasining 07.06.2022 yildagi O‘RQ 776-son Qonunining 17-moddasida: Voyaga yetmaganlarni reklamada himoya qilish belgilangan.

Jumladan:

-Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste’mol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi:

-voyaga yetmaganlarning iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni iste’mol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish;

-xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;

-voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga da’vat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;

-haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanish;

-ota-onalar va tarbiyachilarni obro‘sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazish;

-voyaga yetmaganlar olishi yoki iste’mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan telekanallarda, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.

 

 

Parkent tumani

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                     G.Roxmonqulov