Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2022 yildagi “Zamonaviy bilim va kasb-xunar egallash imkoniyatlarini kegaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-350-son qaroriga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2022 yildagi “Zamonaviy bilim va kasb-xunar egallash imkoniyatlarini kegaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-350-son qaroriga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Bunda ta’lim kreditlari:
- Markaziy bankning asosiy stavkasida;
- BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi;
- Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxslar birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlari uchun ta’lim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi.
Parkent tumani
adliya bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov