Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Aliment to‘lovchilarning chet elga chiqishiga oid taqiqni olib tashlash tartibi qanday?


Aliment to‘lovchilarning chet elga chiqishiga oid taqiqni olib tashlash tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001 yildagi 258-II-son “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra

-Davlat ijrochisi qarori asosida aliment to‘lovchilarning xorijga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin.

- Alimentlar oldindan to‘langan yoki bu bo‘yicha garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanadi.

- Alimentlarni oldindan to‘lash 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi kerak. (https://lex.uz/docs/3967908)

- Bolalar voyaga yetgunigacha bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.

- Alimentni to‘lashni garov bilan ta’minlash uchun ariza sudga taqdim qilinadi.

-Garov qiymati BHMning 250 baravaridan (75 mln so‘mdan) kam bo‘lmasligi lozim.

-Har qanday mol-mulk (avtomobil, do‘kon, uy-joy, kvartira) garov bo‘lishi mumkin.

 

Parkent tumani

adliya bo‘limi boshlig‘i                                                G.Roxmonqulov