Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2021 yildagi “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respubl
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2021 yildagi “Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi” Nizomni tasdiqlash haqidagi 217-son qaroriga asosan
Quyosh fotoelektrik stansiyalari qurgan shaxslarga kompensatsiya beriladi
-Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun budjet mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.
-Kompensatsiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:
-jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
-quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so‘mdan;
-quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million so‘mdan;
-energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda;
-qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:
-jismoniy shaxslarga – 500 million so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
-yuridik shaxslarga – 5 milliard so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov