Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasining 26.04.1996 yildagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi” 221-I-son Qonuniga ko‘ra, nuqsonli tovar sotilganda, iste’molchi tovarni boshqa markali shunday tovarga almashtirib olishi mumkin

-Bunda, nuqsonli tovar sotilganda iste’molchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib o‘tilmagan bo‘lsa, o‘z xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli:
- tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish;
- tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish;
- tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki nuqsonlarni bartaraf etishga qilingan xarajatlarni qoplash;
- xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish;
- shartnomani bekor qilib, ko‘rilgan zararni qoplash.
Parkent tumani adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xamdamov