Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Mehnat shartnomasida taraflarning rekvizitlari ko‘rsatiladi


Mehnat shartnomasida taraflarning rekvizitlari ko‘rsatiladi

 

- Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra, mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining rekvizitlari ko‘rsatiladi.

 

Unga ko‘ra, xodimning mehnat shartnomasida ko‘rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

 

-familiyasi, ismi va otasining ismi;

-shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

-yashash yoki turgan joyining manzili va u bilan bog‘lanishga doir ma’lumotlar;

-soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

-jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud bo‘lganda);

-shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i raqami.

 

Ish beruvchining mehnat shartnomasida ko‘rsatiladigan rekvizitlari quyidagilardan iborat:

 

-mehnat shartnomasini tuzgan ish beruvchining nomi;

-ish beruvchining mehnat shartnomasini imzolagan vakili haqidagi ma’lumotlar;

-ish beruvchi tashkilotning joylashgan yeri (pochta manzili);

-soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;

-ish beruvchilarning bank rekvizitlari;

-ish beruvchining aloqa ma’lumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta manzili va boshqalar).

 

 

         Parkent tumani adliya

        bo‘limi bosh maslahatchisi                                                   A.Xamdamov