Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 29.11.2022 yildagi 681–son qarori bilan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etildi. Mazkur qarorga ko‘ra:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 29.11.2022 yildagi 681–son qarori bilan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni va “O‘z kasbining ustasi” belgisi ta’sis etildi.
Mazkur qarorga ko‘ra:
- “Mohir aloqachi” ko‘krak nishoni bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan hamda sohada kamida 15 yil mehnat stajiga ega fuqarolar;
- “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan – axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan muhandis, elektromontyor, kabelchi, pochtachi, antennachi-machtachi, operator, feld’eger kabi ommaviy kasb egalari sohani rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlanadi.
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar ko‘krak nishoni hamda “O‘z kasbining ustasi” belgisi bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 aprelgacha vazirlikka taqdim etadi.
- Ko‘krak nishoni hamda “O‘z kasbining ustasi” belgisi har yili 7 may – aloqa sohasi xodimlarining kasb bayrami arafasida topshiriladi.
-Taqdirlanganlarga BHMning to‘rt yarim baravari (1 mln 350 ming so‘m) miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
- Mazkur ko‘krak nishoni va belgi bilan bir shaxs bir marta mukofotlanadi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi bosh maslahatchisi A.Xamdamov