Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23.08.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, 2821 ro‘yxat raqamli
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 23.08.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, 2821 ro‘yxat raqamli
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga ko‘ra,
Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi
- nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
- eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
- ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);
- tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar;
- psixik rivojlanishda orqada qolish, aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);
- murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);
- sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.
Parkent tumani adliya
bo‘limi boshlig‘i G.Roxmonqulov