Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.12.2022 yilda “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–440-son qarori qa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 12.12.2022 yilda “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–440-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorga ko‘ra: Tadbirkorlarning energiya
resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi
- 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llaniladi.
- Shuningdek, 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelgacha Prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlarni ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi.
-Tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.
Parkent tumani adliya
bo‘limi yetakchi maslahatchisi M.Mirxomidov