Янгиликлар
KIMLAR BOLAGA BOGʻCHA PULI TOʻLASHDAN OZOD QILINADI?
KIMLAR BOLAGA BOGʻCHA PULI TOʻLASHDAN OZOD QILINADI?
Bolaga bogʻcha pulini kimlar toʻlamasligi mumkin?
Mazkur masala "Maktabgacha taʼlim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom"ga asosan tartibga solinadi. Nizomga koʻra, bogʻchada bolalar umumiy sonining 15 foizi (bogʻchada 100 nafar bola boʻlsa shulardan 15 nafari ozod qilinishi mumkin) doirasida kam taʼminlangan oilalar farzandlari toʻlovdan ozod qilinadi.
Bogʻcha toʻlovidan birinchi navbatda qanday oilalar farzandlari ozod qilinishi kerak?
Toʻlovdan birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga, shuningdek oʻrtacha oylik jami daromadi eng past darajada boʻlgan kam taʼminlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Oʻsha 15 foizlik roʻyxatni kim tuzadi?
Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomaga va tegishli bogʻcha ota-onalar qoʻmitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
Bu roʻyxat qachon tuziladi?
Toʻlovdan ozod qilinadigan kam taʼminlangan oila farzandlari roʻyxati har oʻquv yilining 25-sentyabr kuniga qadar tasdiqlanadi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi S.Djamalov