Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

PASPORT YOʻQOLIB QOLSA QANCHA JARIMA TOʻLANADI.


PASPORT YOʻQOLIB QOLSA QANCHA JARIMA TOʻLANADI.

 

SAVOL: Men yaqinda paspotimni yoʻqotib qoʻydim. Tanishlarim pasport yoʻqotganlik uchun jarima katta deyabdi shu toʻgʻrimi. Men qancha jarima toʻlayman buning uchun ?

JAVOB: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 223-moddasida, pasportni qasddan yaroqsizlantirishi yoki ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi, bazaviy hisoblash miqdori (300 000)ning ikkidan bir qismi (150 000)dan uch baravari (900 000)gacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi deb koʻrsatilgan.

Demak, pasportingizni yoʻqotib qoʻyganligingiz uchun sizga 150 000 soʻmdan 900 000 soʻmgacha jarima qoʻllanishi mumkin.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish

                                                                                                   Markazi boshligʻi                                                                    S.Djamalov