Янгиликлар
Oʻzbekiston “Nogironlar huquqlari” toʻgʻrisidagi Konvensiyaga - aʼzo
Oʻzbekiston “Nogironlar huquqlari” toʻgʻrisidagi Konvensiyaga - aʼzo
Nogironligi boʻlgan shaxs — ijtimoiy yordam va himoyaga, jamiyat va davlatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida boshqalar bilan birga teng toʻliq va samarali ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga muhtoj barqaror jismoniy, aqliy yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan shaxs;
2006-yili 13-dekabrida Amerika Qoʻshma Shtatlaining Nyu-York shahrida “Nogironlar huquqlari toʻgʻrisida” gi Konvensiya qabul qilingan boʻlib, 2021-yil 7-iyunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida” gi qonunni imzoladi.
Mazkur Konvensiya - “Oʻzbekiston Respublikasi nogironligi boʻlgan shaxslar oʻz hayotining barcha sohalarida boshqalar bilan teng ravishda huquq layoqatiga ega ekanligini tan olishi, Konvensiya tegishli holatlarda va qonunga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarning qoʻllab-quvvatlashdan foydalanishini hamda qarorlar qabul qilish mexanizmlarini almashtirishni taʼminlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar koʻrishga, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning muomala layoqatini cheklashga yoʻl qoʻyadi deb tushunishini, Konvensiyaning 12-moddasi nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan qarorlar qabul qilishning oʻrnini bosuvchi mexanizmlarning bekor qilinishini talab etadigan modda sifatida talqin etilishi mumkin boʻlgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi tegishli sharoitlarda xamda lozim darajadagi va samarali kafolatlarga rioya etish sharti bilan ushbu mexanizmlardan foydalanishni davom ettirish huquqini oʻzida qoldiradi” deb bayonot va qoʻshimcha shart bilan ratifikatsiya kilindi.
Yangiyoʻl tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi N. Anarqulova.