Янгиликлар
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlashda yengilliklar
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa
tayinlashda yengilliklar
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya taʼminoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan oʻz vaqtida moliyalashtirish hamda ularni toʻliq hajmda toʻlash, shuningdek, respublika fuqarolarining pensiya taʼminotiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tuzilmasini yanada maqbullashtirish, ularning aholi bandligini taʼminlash, yolgʻiz qariyalar, nogironlar va aholining boshqa zaif qatlamlarini bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va muhofaza qilish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan javobgarligini oshirish hamda aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yordam koʻrsatish sohasidagi faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish maqsadida Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-aprel 2021-yildagi “IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ AYRIM TOIFADAGI FUQAROLARGA NAFAQA TAYINLASH BOʻYICHA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATISHNING MAʼMURIY REGLAMENTINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA”gi 248-sonli qarori qabul qilingan boʻlib, unga koʻra ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi fuqarolarga nafaqa tayinlash boʻyicha 2021-yil 1-avgustdan boshlab:
· nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaxslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar;
· davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
· bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalar;
· yoshidan qatʼi nazar ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
· davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan shaxsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan aʼzolari endilikda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatlari markazlariga oʻzi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladi. Murojaat qiluvchi oʻzi (yaqin qarindoshlari, ishonchli vakili hamda vasiy yoki homiy) kelib murojaat qilgan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi murojaat qiluvchining nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda belgilangan tartibda soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va tasdiqlangan soʻrovnoma 5 daqikada avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi. Vakolatli organ soʻrovnoma olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida nafaqa tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning farzandlari, oilaning mehnatga layoqatli boʻlmagan aʼzolari, shu jumladan, vafot etgan oila aʼzosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarining hamda nogironligi mavjud yoki mavjud emasligi hamda bolalikdan nogironligi bor (boʻlgan) farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining axborot tizimlari orqali oʻrganadi va 5 daqikada ijobiy yoki rad javobi beriladi. Rad javobi berilsa, rad etish sabablari koʻrsatiladi. Davlat xizmatlari markazi maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqa mobaynida:
nafaqa tayinlangan taqdirda nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi;
nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda rad etish sabablari toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Yangiyoʻl tumani Adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi B. Tuychiyev