Янгиликлар
Ko‘p bolali oilalarga berilgan imtiyozlar haqida bilasizmi?
Ko‘p bolali oilalarga berilgan imtiyozlar haqida bilasizmi?
Qonunchilikka ko‘ra, davlat ko‘p bolali oilalarga quyidagi imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilishini taʼminlaydi:
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan ko‘p bolali oilalar ko‘p kvartirali uylardan imtiyozli kreditlar asosida uy-joy olishi, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari hamda xotin-qizlarga ajratiladigan arzon uy-joylardan uy (kvartira) olishi mumkin.
Tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi.
Ko‘p bolali oilalarning iqtidorli farzandlari Yoshlar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar idoralararo kengashlari qarori bilan quyidagilarni amalga oshirish orqali moddiy va maʼnaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi:
-zamonaviy yagona maktab formasi bilan taʼminlash;
-asosiy turdagi o‘quv qurollari bilan taʼminlash;k
-badiiy kitoblar bilan taʼminlash;
-bolalar gazeta va jurnallariga obuna qilish;
-respublika oromgohlarida dam olishini tashkil etish;
- respublika bo‘ylab sayohatga borish va kelish xarajatlarini qoplash
Ko‘p bolali ota-onalar uchun ish o‘rinlarining eng kam soni tuman (shahar) hokimlari tomonidan belgilanadi, shuningdek, tashkilotlar tomonidan zaxiraga qo‘yiladi. Bunda, bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarilishini birga qo‘shib olib borish imkonini beruvchi ishning moslashuvchan jadvaliga ega bo‘lgan ish o‘rni yaratiladi. Ko‘p bolali oilalarning bolalari davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishda imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi. Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod qilingan
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov