Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

O`zini-o`zi band qilib ro`yxatdan o`tish tartibi qandey


O`zini-o`zi band qilib ro`yxatdan o`tish tartibi qandey

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaroriga ilova qilinib O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida NIZOM tasdiqlandi 2020-yil 23-dekabrda.

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1.O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020 yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Malumot uchun:1 iyun holatiga O‘zbekistonda jami 1 720 423 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan edi. Ularning 565 843 nafari joriy yilda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan. Joriy yil boshidan buyon 159,4 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan jami 40,7 mlrd so‘m ijtimoiy soliq to‘langan.

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov