Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan kimlar ozod qilinadi?


Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan kimlar ozod qilinadi?

O’zbekiston Respublikasi Davlat boji to’g’risidagi qonuning 9-moddasiga ko’ra Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish bo’yicha 1) da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi, o‘rmon xo‘jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;

2) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar bo‘yicha;

3) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo‘yicha;

4) sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq barcha ishlar bo‘yicha;

5) O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha;

6) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi hamda uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan da’volar va arizalar bo‘yicha;

7) davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;

8) prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;

9) adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan davlat boji undirmasligi ko’rsatilgan.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi boshlig’i                  X.Bibayev