Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan kimlar ozod etiladi?


Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan kimlar ozod etiladi?

O’zbekiston Respublikasi Davlat boji to’g’risidagi qonuning 11-moddasiga ko’ra Notarial harakatlar amalga oshirilganda davlat bojini to‘lashdan ozod etish 1) shaxslar — davlat pensiyalari va nafaqalarini olish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek vasiylik qilish va farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari to‘g‘riligini ularga tasdiqlab berganlik uchun;

2) shaxslar — mol-mulkini davlat foydasiga, shuningdek yuridik shaxslar foydasiga hadya qilish to‘g‘risidagi vasiyatnomalari va shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun;

3) davlat soliq xizmati organlari va moliya organlari — ularga davlatning merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) berganlik, shuningdek ushbu guvohnomalarni (guvohnomalarning dublikatini) olish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar uchun;

4) nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha notarial harakatlar bo‘yicha;

5) shaxslar — ularga quyidagilar uchun merosga bo‘lgan huquqi to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun:

Vatanni himoya qilish chog‘ida, boshqa davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotganligi munosabati bilan yoxud inson hayotini qutqarish, davlat mulkini va huquq-tartibotni muhofaza qilish bo‘yicha fuqarolik burchini ado etish munosabati bilan halok bo‘lgan shaxslarning mol-mulki uchun;

uy-joy (kvartira) uchun yoki uy-joy-qurilish kooperatividagi pay uchun, agar ular meros qoldiruvchining vafot etish kunigacha birga yashagan, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa va meros qoldiruvchining vafotidan keyin ham shu uy-joyda (kvartirada) yashayotgan bo‘lsa;

6) shaxslar — pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomani tasdiqlatganlik uchun;

7) onalar — ko‘p bolalik uchun ularga ordenlar va medallar berilganligi haqidagi ishlar bo‘yicha hujjatlar ko‘chirma nusxalarining to‘g‘riligini tasdiqlab berganlik uchun;

8) maktab-internatlar — farzandlarining maktab-internatdagi ta’minoti uchun ota-onalardan qarzlarni undirish to‘g‘risidagi ijro yozuvlarini amalga oshirganlik uchun;

10) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli vafot etish va halok bo‘lish hodisasiga korxonalar va tashkilotlar hisobidan sug‘urta qilingan jismoniy shaxslarning merosxo‘rlari — sug‘urta puliga vorislik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma berganlik uchun;

11) surunkali ruhiy kasallikka chalingan, qonunchilikda belgilangan tartibda vasiylik belgilangan shaxslar — mol-mulkka vorislik qilishlari to‘g‘risida guvohnoma olganliklari uchun davlat boji undirilmasligi belgilangan.

 

Bekobod shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi                         Sh.Malikov