Янгиликлар
Davlat xizmatchisi korrupsiya holatiga duch kelsa
Davlat xizmatchisi korrupsiya holatiga duch kelsa
Davlat xizmatida korrupsiyaviy qonun buzarliklarga o‘ta jiddiy qaralmoqda. 2022 yil 8 avgustda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan va bu qonun joriy yil 10 noyabrda kuchga kirdi.
Mazkur qonunning 16-moddasi 2-qismida shunday deyilgan:
Agar davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lsa, u korrupsiyaning oldini olish uchun zarur choralar ko‘rishi;
Shu jumladan yuqori turuvchi davlat organini (mansabdor shaxsini) yoki korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organini darhol xabardor qilishi yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat etishi kerak.
Yaʼni, davlat fuqarolik xizmatchisi korrupsiyaga oid faktlarga duch kelsa, u nafaqat yuqori turuvchi rahbariga (masalan, tashkilot rahbariga), balki Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yoki huquqni muhofaza qilish organi sifatida prokuraturaga to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar berishi ham mumkin.
Bunda agar yuqori turuvchi rahbar hech qanday chora ko‘rmasa, holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga yoki prokuraturaga xabar berish davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatiga aylanadi desak to‘g‘ri bo‘ladi (yuqoridagi 16-moddada “murojaat qilishi kerak” deyilganiga eʼtibor qarating).
Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov