Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi to’g’risida


Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi to’g’risida

Yangi Mehnat kodeksi 559-moddasiga (Yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqi) ko’ra, quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega:

1) xodim yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi;

2) Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari;

3) ish beruvchi, u mehnat nizolari bo‘yicha komissiyaning qaroridan norozi bo‘lganda, shuningdek o‘ziga xodim tomonidan yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;

4) qonunchilikda belgilangan tartibda adliya organlari;

5) prokuror.

Amaldagi Mehnat kodeksi 268-moddasiga ko’ra esa, quyidagilar mehnat nizosini ko‘rish haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga egadirlar:

1) xodim, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi;

2) mehnatning huquq bo‘yicha inspektori;

3) ish beruvchi, mehnat nizolari komissiyasining qaroriga rozi bo‘lmagan taqdirda, shuningdek unga xodim tomonidan yetkazilgan zararni qoplash haqidagi nizolar bo‘yicha;

4) prokuror.

Bekobod shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov