Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ma’muriy qamoqqa olish chorasi qo’llanilishi mumkin bo`lmagan shaxslar


Ma’muriy qamoqqa olish chorasi qo’llanilishi mumkin bo`lmagan shaxslar

 

Ozbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning
29-moddasi 2-qismida maʼmuriy qamoqqa olish chorasi qoʻllanib boʻlmaydigan shaxslar roʻyxati mavjud. Shu sababli maʼmuriy qamoqqa olishni jazo chorasi sifatida qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda bunga toʻsiqlar bor-yoʻqligini, ayol homiladormi yoki homilador emasmi; uning uch yoshgacha boʻlgan bolalari bormi yoki yoʻqmi; huquqbuzar oʻn toʻrt yoshgacha boʻlgan bolasini yolgʻiz oʻzi tarbiyalayaptimi yoki yoʻqmi; oʻsmir balogʻat yoshiga yetganmi yoʻqmi; maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxs I yoki II guruh nogironi emasmi — shularni aniqlab olish lozim.

 

 

Asos: 1. O’zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi.

2. “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida” gi 35-sonli Oliy Sud Plenumi qarori.

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov