Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Garov haqida nimalarni bilish lozim?


                      Garov haqida nimalarni bilish lozim?

Garov – majburiyatlarning taʼminlash usullaridan biri. Garov bilan, asosan, pul majburiyatlari taʼminlanadi. Masalan, oldi-sotdi, ijara, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, pudrat, qurilish pudrati va boshqa har qanday majburiyatda bir tarafning pul mablag‘larini to‘lash majburiyati, yoki pul mablag‘larini to‘lash bilan belgilanadigan javobgarligi, harajatlari – neustoyka (penya va jarima), undiruv harajatlari – advokatlarga ketadigan mablag‘lardan tortib mulkni realizatsiya qilish harajatlarigacha garov bilan taʼminlanishi mumkin.

Garov bilan pullik bo‘lmagan majburiyatlar ham taʼminlanishi mumkin, lekin buning uchun kreditor talablarini qanoatlantirish pullik ekvivalentga ega bo‘lishi lozim. Yuristlar garov bilan taʼminlangan majburiyat yoki asosiy majburiyat deganda qarzdor va kreditor o‘rtasidagi majburiyatni nazarda tutishadi. Masalan, oldi-sotdi, ijara, haq evaziga xizmat ko‘rsatish, pudrat, qurilish pudrati va boshqa har qanday majburiyat. Asosiy majburiyat bo‘yicha qarzdor bu majburiyatni buzsa, kreditor asosiy qarzdorga bo‘lgan o‘z talabini garov predmeti – garovga qo‘yilgan obʼekt qiymatidan qanoatlantirish huquqiga ega bo‘ladi.Bunda, albatta, bu huquq qarzdorning boshqa kreditorlariga nisbatan imtiyozli suratda qondiriladi.

Masalan, oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchi pulni to‘lash majburiyati mavjud. Bu majburiyatni taʼminlash uchun sotib oluvchi o‘ziga tegishli asbob-uskunani sotuvchiga garovga taqdim qiladi. Sotuvchi pulni shartnomada yoki qonunda belgilangan muddatda sotib oluvchidan olmagach, undiruv garovga qaratiladi. Bunda sotib oluvchining boshqa kreditorlari bo‘lishi yoki bo‘lmasligidan qatʼiy nazar, sotuvchi garovdagi asbob-uskunaning sotilishidan tushgan pulni o‘ziga tegishli qismini birinchi bo‘lib oladi.

Garov mulki o‘z-o‘zidan sotuvga chiqarilmaydi yoki sotuvchiga o‘tib ketmaydi, buning uchun garov mulki sud orqali (sudning qarori asosida) yoki suddan tashqari tartibda realizatsiya qilinishi (sotilishi) lozim. Suddan tashqari tartibda garovning sotilishi uchun kreditor (bizning misolda sotuvchi) va garovga qo‘ygan shaxs (bizning misolda sotib oluvchi) garovni suddan tashqari tartibda kelishuvi bo‘lishi kerak. Garovni sotish o‘rniga kreditorda qoldirsayam bo‘ladi, biroq buning uchun alohida kelishuv kerak.

Yuristlar garovni asosiy majburiyatga nisbatan aksessor, yaʼni qo‘shimcha majburiyat deb atashadi. Asosiy majburiyat mavjud bo‘lmasa, garov yoki garov haqidagi kelishuv ham mavjud bo‘lmasligi qo‘shimcha majburiyatning asosiy tabiatidir. Masalan, asosiy majburiyat biron-bir asosga ko‘ra haqiqiy emas deb topildi, yoki tuzilmagan deb topildi. Agar garov aynan haqiqiy emas yoki tuzilmagan deb topilgan majburiyatni taʼminlagan bo‘lsa, garov ham haqiqiy emas bo‘ladi va huquqiy oqibatlar tug‘dirmaydi.

Garov bir qancha belgilarga ega, bu belgilarning asosiylari – garov ustunligi (yoki imtiyoz huquqi), garov bilan taʼminlangan mulkga ergashishi (mulkdor o‘zgarsayam, garov huquqi qolishi), garov elastikligi (garov mulki o‘zgarsayam, garov qiymatiga bo‘lgan huquq saqlab qolinishidir).

 

Bekobod Shahar adliya bo`limi Yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuristkonsulti: F.R.Mamatov