Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi


Tadbirkorlarning energiya resurslaridan foydalanish holatlari tekshiriladi

      

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 dekabrdagi “Kuz-qish mavsumida iste’molchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–440-sonli Qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martgacha import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlar tomonidan yakuniy iste’molchilarga sotiladigan AI-80 avtobenzin uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘i “nol” stavkada qo‘llaniladi.

2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelgacha Prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan tadbirkorlarni ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berildi.

Tekshiruvlar natijalari bo‘yicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yo‘qotishlariga va talon-tarojliklarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga qonunchilikda belgilangan jazo choralarini qo‘llash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritiladi.

 

Bekobod shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti J.B.Norqo‘ziyev