Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi


Yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar ragʻbatlantiriladi

“Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga koʻra 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi:

-      yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

-      elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

-      yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga koʻra;

-      OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

-      sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

Kadastr nazorati kadastrni yuritishga masʼul organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun axborot berish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastrga oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

Eslatma:yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (xozirgi kunda 30 ming soʻm) miqdorida ragʻbatlantiriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi boshlig’i I.Xatamov