Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Garov haqida nimalarni bilish lozim?


Garov haqida nimalarni bilish lozim?

Garov – majburiyatlarning taʼminlash usullaridan biri. Garov bilan, asosan, pul majburiyatlari taʼminlanadi. Masalan, oldi-sotdi, ijara, haq evaziga xizmat koʻrsatish, pudrat, qurilish pudrati va boshqa har qanday majburiyatda bir tarafning pul mablagʻlarini toʻlash majburiyati, yoki pul mablagʻlarini toʻlash bilan belgilanadigan javobgarligi, harajatlari – neustoyka (penya va jarima), undiruv harajatlari – advokatlarga ketadigan mablagʻlardan tortib mulkni realizatsiya qilish harajatlarigacha garov bilan taʼminlanishi mumkin.

Garov bilan pullik boʻlmagan majburiyatlar ham taʼminlanishi mumkin, lekin buning uchun kreditor talablarini qanoatlantirish pullik ekvivalentga ega boʻlishi lozim.

Yuristlar garov bilan taʼminlangan majburiyat yoki asosiy majburiyat deganda qarzdor va kreditor oʻrtasidagi majburiyatni nazarda tutishadi. Masalan, oldi-sotdi, ijara, haq evaziga xizmat koʻrsatish, pudrat, qurilish pudrati va boshqa har qanday majburiyat.

Asosiy majburiyat boʻyicha qarzdor bu majburiyatni buzsa, kreditor asosiy qarzdorga boʻlgan oʻz talabini garov predmeti – garovga qoʻyilgan obyekt qiymatidan qanoatlantirish huquqiga ega boʻladi.Bunda, albatta, bu huquq qarzdorning boshqa kreditorlariga nisbatan imtiyozli suratda qondiriladi.

Masalan, oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotib oluvchi pulni toʻlash majburiyati mavjud. Bu majburiyatni taʼminlash uchun sotib oluvchi oʻziga tegishli asbob-uskunani sotuvchiga garovga taqdim qiladi. Sotuvchi pulni shartnomada yoki qonunda belgilangan muddatda sotib oluvchidan olmagach, undiruv garovga qaratiladi. Bunda sotib oluvchining boshqa kreditorlari boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼiy nazar, sotuvchi garovdagi asbob-uskunaning sotilishidan tushgan pulni oʻziga tegishli qismini birinchi boʻlib oladi.

Garov mulki oʻz-oʻzidan sotuvga chiqarilmaydi yoki sotuvchiga oʻtib ketmaydi, buning uchun garov mulki sud orqali (sudning qarori asosida) yoki suddan tashqari tartibda realizatsiya qilinishi (sotilishi) lozim. Suddan tashqari tartibda garovning sotilishi uchun kreditor (bizning misolda sotuvchi) va garovga qoʻygan shaxs (bizning misolda sotib oluvchi) garovni suddan tashqari tartibda kelishuvi boʻlishi kerak. Garovni sotish oʻrniga kreditorda qoldirsayam boʻladi, biroq buning uchun alohida kelishuv kerak.

Yuristlar garovni asosiy majburiyatga nisbatan aksessor, yaʼni qoʻshimcha majburiyat deb atashadi. Asosiy majburiyat mavjud boʻlmasa, garov yoki garov haqidagi kelishuv ham mavjud boʻlmasligi qoʻshimcha majburiyatning asosiy tabiatidir. Masalan, asosiy majburiyat biron-bir asosga koʻra haqiqiy emas deb topildi, yoki tuzilmagan deb topildi. Agar garov aynan haqiqiy emas yoki tuzilmagan deb topilgan majburiyatni taʼminlagan boʻlsa, garov ham haqiqiy emas boʻladi va huquqiy oqibatlar tugʻdirmaydi.

Garov bir qancha belgilarga ega, bu belgilarning asosiylari – garov ustunligi (yoki imtiyoz huquqi), garov bilan taʼminlangan mulkga ergashishi (mulkdor oʻzgarsayam, garov huquqi qolishi), garov elastikligi (garov mulki oʻzgarsayam, garov qiymatiga boʻlgan huquq saqlab qolinishidir).

 

Nurafshon shahar adliya bo’limi xodimi Sh.Usmonov