Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

“Yagona davlat nazorati” tizimida roʻyxatga olinmagan tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar noqonuniy hisoblanadi


Yagona davlat nazorati” tizimida roʻyxatga olinmagan tadbirkorlik faoliyatini tekshirishlar noqonuniy hisoblanadi

 

“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–374-son, 13.09.2022-y.) qabul qilindi

 

Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022-yil 1-noyabrdan:

 

tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinadi (roʻyxatga olinmagan tekshiruvlarni oʻtkazish noqonuniy hisoblanadi);

tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

 

“Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

 

Tadbirkorlarning ilgari tekshirilgan faoliyat davridagi predmeti va obyekti boʻyicha qayta tekshiruv oʻtkazish va avval taqdim etilgan hujjatlarni talab qilish mumkin emas.

 

Tadbirkorlar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini quyidagi hollarda tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik huquqiga ega:

 

▫️tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq rasmiylashtirilmaganda;

▫️tekshiruv Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilmaganda yoki u xabardor etilmaganda;

▫️tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma mavjud boʻlmaganida;

▫️ular Tekshiruvlarni roʻyxatga olish kitobiga maʼlumotlarni kiritishdan bosh tortganida.

 

2023-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reestriga kiritilmagan funksiyalar boʻyicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish taqiqlanadi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi yetakchi mutaxassisi

Ennazarov Maqsud Abdiraxmatovich