Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi


Pensiyani hisob-kitob qilishning yangi tartibi joriy etiladi

 

Qonun (OʻRQ–791-son, 19.09.2022-y.) bilan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish kiritildi

 

Kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra, otasidan ham, onasidan ham judo boʻlgan (chin yetim) bolalarning boquvchisini yoʻqotganlik pensiyalarini oshirish ota va ona ish haqlarining umumiy miqdoridan kelib chiqib, pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 12 baravari miqdorida amalga oshirilishi belgilandi. Ilgari 10 baravari edi.

 

Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 baravaridan 12 baravariga oshiriladi.

Ushbu tartiblar 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori 324 ming soʻmni tashkil etadi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi Inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi bosh maslahatchisi

D.Gamletov