Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilinadi


MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish bekor qilinadi

Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq,

2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:

quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:

▫️masʼuliyati cheklangan jamiyatlar;

▫️aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan koʻp aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;

MCHJning taʼsis shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish;

MCHJning vakillariga umumiy yigʻilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;

MCHJda zaxira jamgʻarmasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.

2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi.

2023-yil 1-apreldan:

MCHJ ustav fondiga qoʻshiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan koʻp pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori boʻlishi mumkin emas;

yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga oʻtgan hisoblanadi.

2023-yil 1-iyuldan xoʻjalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi va uning ustav fondi shakllantirilganligi hamda toʻlovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qoʻzgʻatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)da eʼlon qilinadi.

 

Chinoz tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuristkonsulti

A.Teshaboyev.