Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yuridik xizmat ko’rsatish markazlarining huquqlari


Yuridik xizmat ko’rsatish markazlarining huquqlari

Ma’lumki, 2021 yil 29 iyun kuni,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan “Yuridik xizmat ko’rsatish markazi to’g’risida” Nizomi tasdiqlandi.

Ushbu Nizomning16-bandiga asosan, Markazlar quyidagi huquqlarga ega.

Jumladan:

1.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarga kelib tushayotgan normativ-huquqiy hujjatlarni tanishish, xizmatda foydalanish va ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish uchun birinchi navbatda olish;

2.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar, shuningdek uning mansabdor shaxslaridan Markazlar zimmasiga yuklangan funktsiyalarni bajarish uchun zarur bo’lgan hujjatlar va ma’lumotlar hamda boshqa zarur materiallarni olish;

3.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar tomonidan chaqiriladigan huquqiy masalalarga tegishli yig’ilishlar, kengashlar va majlislarda ishtirok etish;

4.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar so’roviga ko’ra yoki tegishli tarkibiy tuzilma rahbarining roziligi bilan ularning xodimlarini idoraviy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun, huquqiy ishlarni amalga oshirish bilan bog’liq boshqa tadbirlarga jalb qilish;

5.Qonunchilikka zid bo’lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan idoraviy va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, o’z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risida yuridik xulosalar berish, davlat organi yoki tashkilot rahbariyati so’roviga ko’ra yoki o’z tashabbusi bilan davlat organi yoki tashkilotning tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda ushbu loyihalarning puxta ishlanishida ishtirok etish;

6.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarning tarkibiy tuzilmalarida tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar bo’yicha qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi masalalarini o’rganish;

7.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalarining qonunchilik hujjatlari bajarilishini ta’minlamayotgan yoxud ularni buzayotgan rahbarlari va xodimlarini javobgarlikka tortish haqida tashkilotning rahbariyatiga takliflar kiritish;

8.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarda, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalarida yoki tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan tekshirishlar, taftishlar va xatlovlarda, shuningdek ularning yakunlari bo’yicha hujjatlarni ko’rib chiqishda ishtirok etish hamda aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan yuridik xulosalar berish va boshqalar.

Olmaliq shahar YUXKM

bosh yuriskonsulti                                        Matluba Ashurova