Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yuridik xizmat ko’rsatish markazlarining majburiyatlari


Yuridik xizmat ko’rsatish markazlarining majburiyatlari

Ma’lumki, 2021 yil 29 iyun kuni,O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan “Yuridik xizmat ko’rsatish markazi to’g’risida” Nizomi tasdiqlandi.

Ushbu Nizomning 17-bandiga asosan, quyidagilar Markazlarning asosiy majburiyatlari hisoblanadi.

Jumlada:

1.Ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan vazifa va funktsiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi;

2.Yuridik xizmat ko’rsatish jarayonida yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlar o’rtasida manfaatlar to’qnashuviga yo’l qo’ymasligi;

3.Yuridik xizmat ko’rsatiladigan tashkilotlarda, shuningdek uning tarkibiy tuzilmalarida qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to’g’risida zudlik bilan to’g’ridan-to’g’ri yuqori turuvchi organga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi.

4.Markazlar xodimi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.

5. Markazlar xodimlari o’zi viza qo’ygan hujjatlarning va o’zi bergan yuridik xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.

Markazlar xodimlari o’z majburiyatlari va funktsiyalari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

 

Olmaliq shahar YUXKM

bosh yuriskonsulti                                        Matluba Ashurova