Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Majburiy mehnatning taqiqlanishi


Majburiy mehnatning taqiqlanishi

Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali (shu jumladan mehnat intizomini saqlash vositasi tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.

Quyidagi ishlar, ya’ni:

harbiy yoki muqobil xizmat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida;

favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda;

sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.

O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining O'zbekiston Respublikasida “Majburiy mehnatga barham berishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida quyidagilar belgilangan:

Fuqarolarni, jumladan, ta'lim, sog'liqni saqlash muassasalari, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, ta'lim muassasalari o'quvchilari va talabalarni majburiy mehnatga, shu jumladan tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo'jaligi ishlari, metall chiqindilari va makulatura yig'ish, shuningdek, boshqa turdagi mavsumiy ishlarga jalb qilish holatlarining zudlik bilan oldini olish;

fuqarolarni, xususan, ta'lim va sog'liqni saqlash sohasi, boshqa byudjet tashkilotlari xodimlarini, talabalar va ta'lim muassasalari o'quvchilarini majburiy jamoat ishlariga bevosita yoki bilvosita jalb qilgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat'iy intizomiy choralar ko'rish;

Belgilansinki:

a) davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan hasharlar quyidagi shartlarga qat'iy rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda tashkil etiladi va o'tkaziladi:

umumxalq hasharini o'tkazish to'g'risida faqat O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bo'lganda;

hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat'iy rioya etilgan holda o'tkaziladi;

hasharlar doirasida barcha boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan qurilish-ta'mirlash va qishloq xo'jaligi ishlariga majburiy jalb etishga qat'iy yo'l qo'yilmagan holda obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, ish o'rinlarini tartibga keltirish ishlari amalga oshiriladi;

b) fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faqat tegishli mahalla hududida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonlarini jihozlash, moddiy - madaniy meros ob'ektlarini zarur holatda saqlash, qabristonlarni qurish, rekonstruktsiya qilish, ta'mirlash hamda zarur holatda saqlash ishlarida aholining ixtiyoriy ishtirok etishini tashkil etadi.

Olmaliq shahar adliya bo‘limi inson huquqlarini himoya qilish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi yetakchi maslahatchisi

Ro‘ziyev Baxtiyor