Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining turlari va shakllari.


Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining turlari va shakllari.

Bizga ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’RQ-445-son qonunga muvofiq, murojjatlar quyidagilar turlarga bo’linadi:

Ariza,

Taklif

Shikoyat

Ariza — huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam ko’rsatish to’g’risidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

Taklif — davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni o’z ichiga olgan murojaat;

Shikoyat — buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to’g’risidagi talab bayon etilgan murojaat.

Mazkur qonunga ko’ra, murojaatlar og’zaki, yozma yoxud elektron shaklda bo’lishi mumkin.

Murojaatlar, ularning shakli va turidan qat’i nazar, bir xil ahamiyatga ega bo’ladi.

Olmaliq shahar adliya bo’limi boshlig’i                          A.Umarov