Янгиликлар
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish tartibi
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish tartibi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-aprelida
“Normativ-huquqiy hujjatla to’g’risida”gi O’RQ-682 son Qonuni qabul qilingan.
Ushbu qonunining 38-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatning bayon tarzida rasmiy e’lon qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
Normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganda uning barcha rekvizitlari ko’rsatiladi.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilinganidan keyin bir kun ichida e’lon qilinishi shart. Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllarini e’lon qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda e’lon qilishga, shuningdek ularni qonunchilikning elektron ma’lumotnoma tizimlari orqali tarqatishga normativ-huquqiy hujjat rasmiy manbalarda ularning barcha rekvizitlari, ular e’lon qilingan rasmiy nashrlar va ularning kuchga kirish sanasi ko’rsatilgan holda e’lon qilinganidan so’ng yo’l qo’yiladi. Bunda rasmiy nashrlarda e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjat matnining aniq takrorlanishi ta’minlanishi kerak.
Normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo’llanilishining majburiy shartidir.
Olmaliq shahar YUXKM
bosh yuriskonsulti Matluba Ashurova