Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi


                   Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi qabul qilindi

  

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 28-oktyabr kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun imzolandi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilindi. 1995-yildagi birinchi tahriridan farqli ravishda, unda majburiy mehnatni taqiqlash, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular bilan bevosita bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning asosiy prinsiplari etib, mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik, mehnat huquqlari taʼminlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi, xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi.

Xususan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga boʻlgan oʻz qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashgʻulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.

Yangi kodeksga muvofiq dam olish kuni bayram kuniga toʻgʻri kelsa keyingi kunga koʻchiriladi. Masalan, yakshanba – dam olish kuni 1-sentyabrga toʻgʻri kelsa, dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi.

Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

Kodeksdagi asosiy yangiliklardan yana biri yillik asosiy mehnat taʼtili davomiyligining eng kam muddati yigirma bir kalendar kuni etib belgilandi va xalqaro standartga muvofiqlashtirildi. Ilgari taʼtil 15 ish kunidan davom etardi.

Mazkur Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi. Qonun kuchga kirishi bilan uning avvalgi talqini oʻz kuchini yoʻqotadi.

 

Boʻka tuman adliya boʻlim boshligʻi U.Boltayev