Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Odam savdosi-davr muammosi


                                 Odam savdosi-davr muammosi

 

Odam savdosi illati jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan XXI asrning jiddiy muammolardan biridir. Mehnat migratsiyasi hamda axborot almashinuvining kuchayishi odam savdosi bilan shugʻullanadigan jinoyatchi guruhlarga oʻz qabih niyatlarini amalga oshirishga imkon yaratib bermoqda.

Bugungi kunda dolzarb masalalardan biri boʻlgan odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida yurtimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanishadi. BMT maʻlumotlariga koʻra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.

2013-yil 30-iyul kuni BMT tomonidan Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni deb eʻlon qilingan.

2020-yil 17-avgustda “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi yangi taxrirdagi Qonun qabul qilingan.

Qonunga muvofiq, odam savdosi-kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʻmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish yoʻli bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning oʻzga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka oʻxshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson aʻzolarini va (yoki) toʻqimalarini olishni anglatadi.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organligi taʻkidlandi. Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shartligi, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega ekanligi belgilandi.

Olib borilayotgan odam savdosiga qarshi kurashish ishlar zamirida oʻsib kelayotgan kelajak avlodning vatanga boʻlgan muhabbati, ilm-maʻrifatga qiziqishi bilan bir qatorda, asr muammosiga aylangan jinoyatlarga qarshi immunitetni shakllantirish yotadi.

 

 

Boʻka tumani adliya boʻlimi

inson huquqlari va huquqni qoʻllash

amaliyotini oʻrganish boʻlinmasi

bosh maslaxatchisi                                                             G.Sadikova