Янгиликлар
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi takroriy guvohnoma berish tartibi
Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi takroriy guvohnoma berish tartibi
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalarining 180-bandi talablariga ko‘ra, Dalolatnoma yozuvining birinchi nusxasi saqlanayotgan FHDYo organi manfaatdor shaxslarning arizalariga ko‘ra va tegishli dalolatnoma yozuvlari asosida takroriy guvohnomalar beradi.
Takroriy guvohnoma olish to‘g‘risidagi arizada ariza beruvchining familiyasi, ismi, ota ismi, manzili, shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami, guvohnoma so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi, ota ismi, dalolatnoma yozuvi qachon va qaysi FHDYo organi tomonidan qayd etilganligi va takroriy guvohnoma qanday sababga ko‘ra talab qilinayotganligi ko‘rsatilishi kerak.
Takroriy guvohnoma olishni xohlovchi shaxs doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar FHDYo organi orqali murojaat qilishi mumkin.
Bo‘ka tumani adliya bo‘limi
inson huquqlari va huquqni qo‘llash
amaliyotini o‘rganish bo‘linmasi
etakchi maslaxatchisi A.Niyozov