Янгиликлар
Moddiy madaniy meros restavrator-ustalari uchun malaka sertifikatini olish tartibidan xabardormisiz?
Moddiy madaniy meros restavrator-ustalari uchun malaka sertifikatini olish tartibidan xabardormisiz?
Buning uchun, yuridik shaxslar yoki restavrator-ustalar (jismoniy shaxslar) quyidagi harakatlarni amalga oshirishlari lozim boʻladi:
-Har yili 20-noyabrgacha DXM yoki YAIDXP orqali murojaat qiladi.
-Toʻlov (har bir restavrator-usta uchun BHMning 10 baravari)ni amalga oshiradi.
Madaniy meros agentligi quyidagilarni amalga oshiradi:
Har yili 20-dekabrga qadar arizalar asosida tinglovchilar guruhini shakllantiradi.
Malaka oshirish kurslari boshlanishi haqida 5 kun oldin xabardor qiladi.
Tinglovchilar attestatsiyadan oʻtkazilgach 3 ish kunida sertifikatlarni beradi.
Davlat xizmatini koʻrsatuvchi subyekt: Madaniy meros agentligi.
Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova