Янгиликлар
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?
Tegishli ravishda tuman (shahar) qurilish boʻlimining bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;
“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida oʻtkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori.
Obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga koʻra elektr, gaz, suv taʻminoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari oʻtkazilishi zarurati mavjud boʻlsa, texnik shartlar soʻrovnomaga ilova qilinadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.
Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova