Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish mumkin.


"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ommaviy axborot vositasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olish mumkin.

 

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi subyekt:

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va uning hududiy boshqarmalari.

 

Murojaatlar qabul qilinadi:

 

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;

– YIDXP – my.gov.uz orqali;

 

Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

 

Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: Bepul

 

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yigʻim:

-Davriy bosma nashrlar — 3 750 000 soʻm (BHMning 12,5 baravari);

-tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari —    4 500 000 soʻm (BHMning 15 baravari);

-mahsulotlari Internet global axborot tarmogʻi orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — 150 000 soʻm (BHMning 50 foizi);

-asosan bolalar, oʻsmirlar, nogironlar uchun moʻljallangan, shuningdek, taʻlim va madaniy-maʻrifiy yoʻnalishdagi ommaviy axborot vositalari — 750 000 soʻm (BHMning 2,5 baravari);

-reklama xususiyatiga ega boʻlgan ommaviy axborot vositalari — 7 500 000 soʻm (BHMning 25 baravari).

 

Arizani koʻrib chiqish muddati: 10 kun

 

Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

 

Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova