Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan oʻtkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa ularni taʻmirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bogʻliq xarajatlar kimlarning hisobidan qoplana


Elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlar) qiyoslashdan oʻtkazishda hisoblagich nosozligi aniqlansa ularni taʻmirlash yoki yangisiga almashtirish bilan bogʻliq xarajatlar kimlarning hisobidan qoplanadi?

 

Hukumatning 698-son qarori (https://lex.uz/docs/-4481469) bilan elektr energiyasi, tabiiy gazni, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatish boʻyicha reglamentlar tasdiqlangan.

 

Ushbu reglamentlarga muvofiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning hisobga olish uskunalarini taʻmirlash yoki yangisiga almashtirish xarajatlari tegishlicha hududiy elektr tarmoqlari korxonalari, gaz taʻminoti tashkilotlari, suv taʻminoti yoki hududiy issiqlik taʻminoti korxonalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Eslatma: Maʻmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 215-5-moddasiga koʻra davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzish uchun maʻmuriy javobgarlik belgilangan.

 

Shunga koʻra bu sohada taʻminotchi korxonalar xodimlari tomonidan yuqoridagi reglamentlar talablariga rioya etilmaslik, shu jumladan hisoblagich uchun ortiqcha mablagʻ undirish kabi holatlari aniqlanganda Adliya vazirligining quyidagi 1008 va 1148 ishonch telefoni raqamlariga yoki info@adliya.uz elektron pochtaga murojaat qilishingiz soʻraladi.

 

                                                                                                 Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi B.Xolmatova