Янгиликлар
“Mobile ID” tizimidan roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz nima qilish kerak?
“Mobile ID” tizimidan roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz nima qilish kerak?
“Mobile ID” tizimidan roʻyxatdan oʻtish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.
▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni maʻlum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali roʻyxatga oʻtganligingizni tekshiradi va roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz roʻyxatdan oʻtkazadi;
▫️tizim orqali biometrik maʻlumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa koʻpgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.
Angren shahar DXM yetakchi mutaxassisi M.Abdraimov.