Янгиликлар
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.
"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Turistik faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya" olish mumkin.
Davlat xizmatini koʻrsatuvchi subyekt:
– Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi.
Murojaatlar qabul qilinadi:
– "Litsenziya" AT - license.gov.uz (https://license.gov.uz/) orqali;
– YIDXP – my.gov.uz;
Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik shaxs, Yakka tartibdagi tadbirkor
Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: 750 000 soʻm (BHMning 2,5 baravari)
Toʻlanadigan davlat boji miqdori:
-“Ichki turizm”yoʻnalishi boʻyicha turizm faoliyati uchun — 600 000 soʻm (BHMning 2 baravari)
-“chiqish turizmi” yoki “kirish turizmi” yoʻnalishi boʻyicha turizm uchun — 1 500 000 soʻm (BHMning 5 baravari)
Arizani koʻrib chiqish muddati – 5 ish kuni.
Amal qilish muddati — Cheklanmagan.
Faoliyat turlari:
-Turoperatorlik faoliyati. Ichki turizm yoʻnalishi
-Turoperatorlik faoliyati. Chiqish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini (shu jumladan tibbiy va taʻlim turizmi) amalga oshirish)
-Turoperatorlik faoliyati. Kirish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarni jalb qilishga oid turizm faoliyatini amalga oshirish)
-Turagentlik faoliyati. Ichki turizm yoʻnalishi (Oʻzbekiston Respublikasi ichida turizm faoliyatini amalga oshirish)
-Turagentlik faoliyati. Chiqish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turizm faoliyatini (shu jumladan tibbiy va taʻlim turizmi) amalga oshirish)
-Turagentlik faoliyati. Kirish turizmi faoliyati (Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarni jalb qilishga oid turizm faoliyatini amalga oshirish)
Angren shahar Aloqa operatori D.Tashmatova