Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

NOSTRIFIKATSIYA HAQIDA 10 TA MUHIM MAʻLUMOT


         NOSTRIFIKATSIYA HAQIDA 10 TA MUHIM MAʻLUMOT

 

Nostrifikasiya bu xorijiy davlatda berilgan taʻlim toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini qayd etish tartiboti.

 

-Qonunchilikka koʻra xorijiy davlatda oliy taʻlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish Taʻlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

- Hujjatlarni tan olish va nostrifikasiya qilish toʻgʻrisidagi arizalar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Bunda

- oʻrta maxsus va kasb-hunar (professional) taʻlimi boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;

- oliy taʻlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʻlimi boʻyicha — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan belgilangan yigʻimning 50 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

YIDXP orqali murojaat qilinganda yigʻim davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning 90 foizi miqdorida undiriladi.

Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.

Ijobiy xulosa berilgan talabgor taʻlim olgan taʻlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha test sinovi topshiradi.

Test natijalari boʻyicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning taʻlim toʻgʻrisidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikasiya qilinadi).

2022-yil 1-yanvardan keyin olingan xorijiy davlatlarda taʻlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlar tan olish uchun topshirilganda, hujjatni bergan davlatning vakolatli organi tomonidan apostil qoʻyilgan boʻlishi talab etiladi.

Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta, oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va malaka oshirish taʻlimi olgan talabgorlarning xorijiy davlatlarda taʻlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlari toʻgʻridan-toʻgʻri (sinovlarsiz) amalga oshiriladi.

 

Angren shahar DXM bosh mutaxassis Z.Erkaboyev