Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini uydan turib olish mumkin.


Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini uydan turib olish mumkin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 2020 yilda                   19-avgustdagi Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 495-son qarori bilan Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga muvofiq, jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari ma’lum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi to‘g‘risidagi ish stajiga oid ma’lumotnoma olish uchun  Davlat xizmatlari markazlariga (DXM) borib ariza topshiradi yoki xizmatdan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchi so‘rovnomani o‘z elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi.

            So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmaganda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

            Davlat arxivi so‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab

- ish stajini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 5 ish kunidan,

- ish haqini tasdiqlashga oid ma’lumotnoma uchun 20 ish kunidan oshmagan muddatda

tegishli QR-kodli ma’lumotnoma shakllantiradi hamda DXMga yoki YaIDXPga yuboradi.

   Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.

   DXMlar va davlat arxivlari o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ma’lumotlarni sir saqlanishini ta’minlaydi.

 

 

Bekobod   tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi Xisoblash texnikasi   operatori Kasimova Marg`uba Asatullayevna