Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

YANA BIR YANGILIK


YANA BIR YANGILIK.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi                                  86-son qaroriga asosan Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma" olish imkoniyati yaratildi.

Bunga muofiq litsenziyalovchi tashkilot: Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

Murojaatlar quydagilari orqali qabul qilinadi:

- "Litsenziya" AT - license.gov.uz;

- YIDXP – my.gov.uz saytlari orqali arizalar onlayin yoki Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan xolda amalga oshiriladi.

Xizmatdan yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

- Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi;

Xizmat ko‘rsatish muddati – 15 ish kuni.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun alohida talablar:

 

1.     Tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan avtomototransport vositasidan foydalanmaslik.

 

2.     Ishlab chiqarilganiga 20 yil va undan ortiq muddat o‘tgan avtomototransport vositalarini qayta jihozlatmaslik (avtomototransport vositalarining kuzov va dvigatellarini huddi shu rusumdagi kuzov va dvigatellarga almashtirish bundan mustasno).

 

Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi

bosh mutaxassisi Kanjarova Gulnoza Abdumalikovna