Янгиликлар
MA’LUMOTNOMALAR BERISH TARTIBI YANADA SODDALASHTIRILDI
ma’lumotnomalar berish tartibi
yanada soddalashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser va Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvardagi 18-son qaroriga
asosan Fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligining fuqarolarning Ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Davlat xizmatlari markazlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali avtomatik tarizada olishlari mumkin.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.
– Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 0.3 foizi;
Xizmat ko‘rsatish muddati – AVTOMATIK TARIZDA olishlari mumkin
Bekobod tumani Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
bosh mutaxassisi Arziqulova Moxira Xasanboyevna