Янгиликлар
Mehnat kodeksiga ko’ra qaysi holatlaqda xodimdan tilxat olinishi shart?
Mehnat kodeksiga ko’ra qaysi holatlaqda xodimdan tilxat olinishi shart?
1️. MK 82-moddasiga ko’ra, ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
2️. MK 89-moddasiga ko’ra, ish beruvchi mehnat shartlaridagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xodimni kamida ikki oy oldin yozma ravishda ogohlantirib tilxat olishi shart. Ko‘rsatilgan muddatni qisqartirishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
3️. MK 96-moddasiga ko’ra, doimiy boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruq mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishlarning mazmuniga to‘la muvofiq holda chiqariladi va xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
4️. MK 182-moddasiga ko’ra, intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi.
Bekobod tumani yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh yuristlonsulti: D.A.Djurayeva