Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar


               Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar

 

                O`zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 14.11.2016 yil          387 sonli qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish Qoidalari”ning III bobi Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar tartibini belgilab beradi. Unga ko`ra:

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tuman va shaharlarda FHDY organlari tomonidan amalga oshiriladi, o‘lim esa shaharcha, qishloq va ovullarda fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ham qayd etilishi mumkin.

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘limni qayd etish borasidagi harakatlari o‘zlari turadigan hududlardagi tegishli FHDY organlarining nazorati ostida bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsul tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Konsul vaqtincha bo‘lmaganda fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan tayinlangan konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan qayd etiladi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari bo‘lmagan xorijiy davlatlarda fuqarolik holati dalolatnomalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan boshqa xorijiy davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan qayd etiladi.

 

 

 

Bekobod tumani FHDYo bo`limi mudirasi:                                       N.O.Tashpulatova