Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Yangi prava olishim shartmi?


 

Yangi prava olishim shartmi?

 

     Haydovchilik guvohnomalarini almashtirish avvallari faqat Ichki ishlar idoralari orqali amalga oshiraldi. Maʼlumki ayni paytda bu yumush muqobil ravishda Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amlga oshirilmoqda. Biroq, fuqarolarga bu Davlat xizmatini koʻrsatuvchi davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidir.

 

Davlat xizmatidan foydalanish tartibi:

 

DXM yoki DYHXX organlariga kelgan holda yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali IDXP (mu.gov.uz) orqali soʻrovnoma yuboriladi.

 

????DXM yoki DYHXX organlariga oʻzi borib murojaat etilganda:

– DXM yoki DYHXX hodimlariga pasport va ID-karta hamda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi taqdim qilinadi ;

– toʻlov amalga oshiriladi, YaIDXP orqali ariza yuborilganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi.

 

Xizmat koʻrsatish muddati – real vaqt rejimida.

Haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddati – 10 yil.

 

Maʼlumot uchun: Hukumat qarori bilan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga egasining shaxsini tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomi berilgan. Avvalgi tartibga koʻra, eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish uchun imtihon varaqasi, tibbiy maʼlumotnoma, pasport, eski haydovchilik guvohnomasi, uning taloni talab etilar edi.

 

         Fuqarolarga qulaylik uchun tartib soddalashtirildi va talab etiladigan xujjatlar qisqartirildi.

 

Dilshod Turdimuhammediyev,

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

masʼul xodimi